alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi

15:37 07.05.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov va Ural davlat tibbiyot universiteti masofaviy ta’lim bo‘limi boshlig‘i S.A.Chemezov rahbarligida institut professor-o‘qituvchilari uchun «Инфекция, вызванная новым вариантом коронавируса SARS-CoV-2: тактика врачей первичного звена » mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
1-maydan 7- maygacha davom etgan qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslarida 84 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kurs davomida Ural davlat tibbiyot universitetidan A.U.Sabitov,  A.A.Shestakova,  V.V.Kuzmin,  A.A.Kosova,  P.L.Kuznetsov,  S.A.Chemezov  kabi mutxassislar ma’ruzalari, amaliy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Malaka oshirish kursi ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va boyitish, amaliy mahoratini oshirish, dunyo tibbiyoti yangiliklari bilan tanishtirish, poliklinika va ambulator sharoitida koronavirus SARS-CoV-2. infeksiyasiga qarshi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash kabi masalalarga qaratildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti hamkorligida o‘tkazilgan qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslarida professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi.

ADTI xalqaro aloqalar bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!