(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida  xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qishga qabul uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tdi

15:37 21.09.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida  2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan fakultetlarga to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat yo‘nalishi uchun qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni xohlagan abiturientlar umumiy tartib-qoidalar asosida  shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan test imtihonlariga kirdilar. Bu jarayonda ular harorati o‘lchanib, tegishli tekshiruvlardan o‘tkazildi va imtihon xonalariga kiritildilar.

Imtihonlar boshlanishidan oldin qabul hay’ati mas’ul kotibi S.Salohiddinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov, xorijiy talabalr bilan ishlash fakulteti dekani G.Daminovalar imtihon jarayoni yuzasidan tushuncha berib o‘tishda va abiturientlarga test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib olishlarida omad tiladilar.

Abiturientlar test sinovlarini an’anviy onlayn rejimda topshirib, shu vaqtning o‘zida test yuzasidan to’plagan ballarini bilib olmoqdalar.
 
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan fakultetlarga qabul imtihonlarining birinchi kuni Rossiya Federatsiyasining Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan fakultet uchun sinovlar o‘tkazildi.

ADTI axborot xizmati