alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar uchun onlayn va an’anaviy darslar bir vaqtda o‘tkazilmoqda

18:14 13.01.2021

Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘plab xorijiy fuqarolar o‘qish uchun qiziqish bildirgan. Pandemiya tufayli ayrim xorijlik talabalar an’anviy mashg‘ulotlarda ishtirok etisha olmayapti.

Shuning uchun 1-, 2-, 3-kurs talabalarning onlayn darslarini sifatini va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ilk marotaba onlayn va an’anaviy amaliy mashg‘ulotlar bir vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Birinchi amaliy mashg‘ulotni xirurgiya kafedasi assistentlari H.Usmonov va G.Solievlar qiziqarli va ma’lumotga boy holatda olib borishdi.

Xorijiy talabalar bilan ishlash fakultetining an’anaviy dars jarayonida ishtirok etayotgan talabalari darslarda faol, katta qiziqish bilan, ko‘plab mulohaza va bahslarga boy holatda ishtirok etishdi.

Xorijiy talabalar uchun onlayn va an’anaviy darslar bir vaqtda o‘tkazilishi talabalarning istaklari va fikr, takliflari asosida davom ettiriladi.

ADTI Xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!