alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik abiturientlar bilan onlayn suhbatlar davom etmoqda

14:29 24.09.2020

E’tirof etish kerakki, Andijon davlat tibbiyot institutiga xorijlik yoshlarning qiziqishi anchagina yuqori. Bugun Koreya, Qirg‘iziston davlatlaridan ro‘yxatga olingan abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.

Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, Xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani G.Daminova, o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Yusupova, tibbiy kimyo kafedrasi o‘qituvchisi S.Islomovalar ishtirok etdilar.

Qabul hay’ati a’zolari xorijlik abiturientlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdilar. Suhbat davomida abiturientlar Andijon davlat tibbiyot instituti haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi.

Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ta’kidlab o‘tildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!