alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik abiturientlar bilan onlayn suhbatlar davom etmoqda

14:35 11.09.2020

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, joriy yil xorijlik yoshlarning Andijon davlat tibbiyot institutiga bo‘lgan qiziqishi anchagina yuqori. Shuning uchun ham qabul imtihonlari oldidan  xorijlik abiturientlar bilan onlayn suhbatlar ayni paytda ham davom etmoqda. Bugun Turkiya, Koreya, Qirg‘iziston davlatlaridan ro‘yxatga olingan abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.


Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, qabul hay’ati mas’ul kotibi S.Salohiddinov, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi dotsenti T.Sa’dullayev, tibbiy kimyo kafedrasi o‘qituvchisi X.Noibjonova va ingliz tili o‘qituvchisi G.Daminova ishtirok etdilar.


Suhbat davomida abiturientlar Andijon davlat tibbiyot instituti haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi. Qabul hay’ati a’zolari xorijlik abiturientlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdilar.


Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ta’kidlab o‘tildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!