alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon  davlat  tibbiyot  institutida “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!” mavzusida masofaviy video muloqot o‘tkazildi

12:36 08.05.2020

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan onlayn tarzda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni   institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanovning olib bordi. Masofaviy video muloqotda institutning 50 dan ziyod talabalari o‘z uylarida turgan holda ishtirok etishdi.


Onlayn muloqotda dastlab Harbiy kafedra boshlig‘i o‘rinbosari, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi A.A.Soliyev “Xotira – muqaddas, Qadr – bukulmas, iroda va jasorat namunasidir” mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Sattarov “Ajdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda mangu qolajak” mavzusida ma’ruza qildi.


Video muloqotning e’tiborli jihati talabalar uylarida turgan holda tadbirda faol ishtirok etishdi. Jumladan, stomatologiya fakulteti 2-kurs talabasi Z.Rahmatova. “1941-1945 yillarida O‘zbekiston tibbiyoti”,  davolash fakulteti 5-kurs talabasi S.Yo‘liboyev “O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan xissasi” mavzularida ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.


Onlayn muloqotda davolash fakulteti 5-kurs talabasi I.Bektoshev tomonidan Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik namoyishi bo‘ldi.


E’tirof etish kerakki, onlayn ko‘rinishda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganligi haqida ko‘plab ma’lumotga ega ekanliklarini ko‘rsatdi.


Ishtirokchilar dunyoda tinchlikni barqaror bo‘lishi, begunoh insonlarning qoni to‘kilmasligi uchun hamisha hushyor va birdam bo‘lishimiz zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!”  mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

 ADTI Axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!