alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Xotira turniri”

13:58 16.01.2021

Tarix fanlar nomzodi Patoxon Xabibullaevich Asxanov  Andijon davlat tibbiyot institutida uzoq yillar samarali mehnat qilgan jamoaning hurmatli ustozlaridan biri edi. Marhum ustozning porloq xotirasi jamoa qalbida mangu yashaydi. Institut rahbariyati tashabbusi bilan P.X.Asxanov xortirasiga bag‘ishlab “Xotira turniri” o‘tkazildi.



“Xotira turniri”da instituning barcha professor-o‘qituvchilari sportning mini futbol, stol tennisi,shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalashdilar.


Qizg‘in va keskin kurashlarga boy sport bahslari yakunida futbol bo‘yicha davolash fakulteti jamoasi fahrli 1-o‘rinni, institut bo‘limlari xodimlaridan iborat jamoa 2-o‘rinni, pediatriya fakulteti professor-o‘qituvchilari 3-o‘rinni egalladilar.


Shaxmat bo‘yicha 1-o‘rin Sh.K.Qodirov, 2-o‘rin N.S.Mo‘ydinovga nasib etdi.


Stol tennisida esa  N.Abduvahobova 1-o‘rinni, uning raqibasi G.Qutliqova esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Tarix fanlar nomzodi Patoxon Xabibullaevich Asxanov xotirasiga bag‘ishlangan sport turniri professor-o‘qiuvchilarni ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida bir maqsad sari birlashtirishda alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!