Andijon davlat tibbiyot institutida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida institutga qo‘shni bo‘lgan “Gumbaz” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mahalla ahli va targ‘ibot guruhini institut rektori, professor M.M.Madazimov rahbarligida institut jamoasi samimiy kutib oldilar.

Targ‘ibotchilar guruhi – O‘zbekiston Milliy universiteti professor M.Ortiqov, Ma’naviyat va marifat markazi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i M.G‘ofurov, “O‘zbeknavo” birlashmasi xonandasi J.Tojiboev, greppling bo‘yicha Osiyo chempioni A.Ergashevlar dastlab  institut va mahalla hayotini aks ettirgan ko‘rgazmalar, mahallla hududidagi 18-maktab o‘quvchilarining san’at, sport bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini tamosho qildilar.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi instiut Kengshlar zalida boshlandi. Targ‘ibotchilar guruhi rahbari O‘zbekiston Milliy universiteti professor M.Ortiqov “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’naviyat va marifat markazi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i M.G‘ofurov yurtimizda kechayotgan islohotlar, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar xususida so‘z yuritdi. Xushovoz xonanda J.Tojiboevning ona Vatan, yoshlik, bag‘ikeng xalqimiz haqidagi qo‘shiqlari olqishlar bilan qarishi olindi, qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi.

Tag‘ibot tadbiri doirasidagi savqol-javoblar ham mahalla ahlining faolligida o‘tdi. Tadbir so‘nggida “Gumbaz” MFY raisi R.Jalilov targ‘ibot guruhiga samimiy muloqot va bayramona tadbir uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri aholining ko‘tarinki kayfiyatda buyuk maqsadlar sari ilhomlantirdi.

 

ADTI axborot xizmati

99