alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida yangi yil taraddudi

18:14 25.12.2019

Yangi yil bayrami turli tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, sovg‘a-salom olish, mehmonga borish, mehmonlarni kutib olish uchun yugur-yugurlar bilan boshlanadi va bu barchamizga huzur bahsh etadi. Aslini olganda hayotning mana shu shirin “tashvishlari” bilan yashash baxtning bir ko‘rinishidir.

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati Yangi yil bayrami sermazmun o‘tishi uchun bayram taraddudini allaqachon boshlab yuborgan.

Institut hududi, binosi, Talabalar turar joyi Yangi yil bayramiga munosib bezangan.

Ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, mehnat faxriylari uchun 1000 tadan ziyod Yangi yil bayram sovg‘asi tayyorlandi va tarqatildi.

Turli shirinliklar, meva-chevalar, o‘yinchoqlardan iborat Yangi yil sovg‘alari jamoaning har bir a’zosiga quvonch baxsh etishi bilan birga ularning oila a’zolari – bolajonlarga ham baxli lahzalarni tuhfa etadi.

Barchamizga ana shu baxt nasib etsin! Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!