alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDAGI QABUL JARAYONI SARHISOBI

14:05 17.07.2019

Bir necha kundan buyon ko‘pchilik yurtdoshlarimiz hamda oliy ta’lim dargohlarida bilim olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan minglab yoshlarimizning diqqat e’tiborida bo‘lgan qizg‘in jarayon – 2019-2020 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish nihoyasiga yetdi.
Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi bu jarayon Andijon davlat tibbiyot institutida ham alohida tayyorgarlik, katta e’tibor, faollik va shaffoflik  bilan  o‘tkazildi.
Abituriyentlar uchun e’lonlar doskasi shakllantirilib, unda qabulga oid bo‘lgan barcha ma’lumotlar, institutdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlarining tavsifnomalari berib borildi. Abituriyentlar va ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida aloqa markazi «Call center», kasbga yo‘naltirish xonalari, axborot –maslahat, qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotib va tibbiy shoxobcha xonalari, dam olish joylari ish olib bordi.
2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalarining umumiy soni   520 nafar bo‘lib, shundan bakalavriat ta’lim shakliga davlat granti asosida  260 nafar, to‘lov-kontrakt  asosida 260 nafarni tashkil etadi. Magistratura bo‘yicha esa  201  nafarni tashkil etadi.
Institutdagi mavjud davolash ishi, pediatriya ishi, mediko-profilaktik ishi, stomatologiya, kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi), farmatsiya, oliy hamshiralik ishi  ta’lim yo‘nalishlariga jami  11 ming 172 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilga  nisbatan 2951 nafar ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazilganligini ko‘rsatmoqda.
Qabul jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun alohida 5 foizli (110 nafar), huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun 3 foizli (16 nafar), nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 foizli grant asosida (53 nafar),O‘zbekiston yoshlar ittifoqi sertifikatiga ega 1 nafar abituriyent, jami 180 nafar imtiyozga ega bo`lgan abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shuni alohida e’tirof etish joizki , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son qarori hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 26 fevraldagi PQ-4212- son qaroriga muvofiq 8 nafar abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli ravishda, tanlovsiz  qabul qilindi. Shuningdek, xorijlik 16 nafar abituriyent ham o‘zlari xohlagan yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tdi.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!