Andijon davlat tibbiyot institutiga maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar

image_pdfYuklab olish (pdf)

Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir. Shuning uchun ham ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Andijon shahridagi 50-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. 50 dan ziyod yoshlarni institut jamoasi samimiy kutib oldi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otishga qaratilgan.

Maktab jamoasi institut tarixi, o‘quv jaryoni, talabalar erishayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.

Tashrif yakunida kelajakda shifokorlik kasbini tanlashga ahd qilgan o‘quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

128