Andijon davlat tibbiyot institutini 1985 yilda tamomlagan sobiq bitiruvchilar diqqatiga!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutini 1985 yilda tamomlagan talabalarni institutni tamomlaganliklarining 35 yilligi munosabati bilan 2020-yil 4-aprel kuni o‘tkaziladigan “Ikki avlod uchrashuvi”ga taklif etamiz.

Ushbu uchrashuvda institut talabalarini oxirgi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, uzoq yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan malakali shifokorlarning tajribalari bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati, mahorat darslari o‘tkaziladi.

Tadbirni tashkillashtirish  yuzasidan taklif va istaklaringiz bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga murojaat qilishingiz mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: 74 223 94 50

                                                                97 723 44 47 (Noxidbek Qodirov)

 Tashkiliy qo‘mita

104