Andijon davlat tibbiyot institutining 2-o‘quv binosida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi 15-mart kuni 2-o‘quv binosida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari doirasida keng ko‘lamli tozalash ishlarini amalga oshirdi.

O‘quv binosi  hududi va uning atrofidagi yo‘laklar, gulzorlar tartibga keltirildi, darahtlarga shakl berildi, darahtlar, yo‘lakchalar,  ariqchalar qirg‘oqlari oqlandi, ta’mirlash ishlari olib borildi.

Institut xo‘jalik xodimlaridan iborat  hasharchilar institut Navro‘z bayrami uchun undirilgan bug‘doydan sumalak tayyorlashni boshlab yuborishda va o‘choqqa olov yoqishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini bayramona, ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar

ADTI axborot xizmati

142