(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy ishlari “Webometrics” ning “Google” Akademiyasidagi iqtiboslilik darajasi bo‘yicha O‘zbekistondagi  tibbiyot yo‘nalishidagi OTMlar o‘rtasida 1-o‘ringa chiqdi

16:35 13.01.2021

2021-yil 11-yanvar holatiga ko‘ra Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ilmiy ishlarining iqtiboslilik darajasi bo‘yicha ko‘rsatkichi 11990 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich bilan institut “Webometrics”ning “Google” Akademiyasidagi iqtiboslilik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston OTM ichida 3-o‘rinni, tibbiyot yo‘nalishidagi OTMlar o‘rtasida 1-o‘rinni, dunyodagi 30 mingta OTM bo‘yicha 2213-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash kerakki, buning uchun “Google” Akademiya institut professor-o‘qituvchilari profillari tahlildan o‘tkaziladi. Bunda birinchi 220 ta profil tahlili uchun olinib birinchi 20 talik chiqarib yubriladi va qolgan profillar iqtiboslik ko‘rsatkichi 1000 dan oshgan OTMlari reytinggiga kiritiladi.

Institutda bunday natijaga erishish uchun sohada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Institutda I-EDU Group MChJ bilan hamkorlikda elektron institut konsepsiyasi amaliyotga joriy etilib, 2020 yil davomida 10 ta nomdagi elektron jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Web of Science”, “Scopus”, “Google Scholar” kabi bir qator bazalarda indekslanadigan ilmiy jurnallarda professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalarini nashr etish manzilli monitoring qilib borildi.

ADTI axborot xizmati