Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi talabalar teatr studiyalari festivalining hududiy bosqichi g‘olibi bo‘ldi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Kuni kecha Andijon davlat tibbiyot instituti iqtidorli talabalaridan iborat “Shifokorlar” jamoasi  oliy ta’lim muassasalari talabalari teatr studiyalari festivalining hududiy bosqichida  Sharof Boshbekovning  “Eski shahar gavroshlari” asari asosida tayyorlangan “Ko‘cha bolalari”  spektakli bilan qatnashib, “Eng yaxshi spektakl“ nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi hamda tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Shu munosabat bilan bugun, 14- may kuni institut kengashlar zalida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib, talabalar teatr studiyalari festivalining o‘tkazilishi, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan birining ijrosi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan teatr studiyalari festivali g‘olibi –“Shifokorlar” jamoasini 1-o‘ringa sazovor bo‘lganligi bilan qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng, festival jarayonidan videolavha namoyish qilindi va olqishlar ostida “Shifokorlar” jamoasi davraga  taklif etildi.

Tantanali tadbir davomida “Shifokorlar” jamoasi  yutug‘iga o‘zlarining ko‘mak va maslahatlari bilan munosib hissa qo‘shgan taniqli rejissyorlar-D.Shayxov va A.Bakirovlarga institut rektori nomidan  “Tashakkurnoma” va guldastalar taqdim etildi. Shuningdek, “Shifokorlar” teatr jamoasi talabalari va ularning ota-onalariga ham “Tashakkurnoma”lar topshirildi.

Bayramona tadbirda viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori D.Shayxov  so‘zga chiqib, g‘olib jamoani muborakbod etdi va talabalarning iqtidori va intilishlari haqida samimiy fikrlarni aytdi.

Tantanali tadbir yakunida institut rektori M.Madazimov yana bir bor jamoani qutlab, ularga respublika bosqichida ham omad va zafarlar tiladi hamda boshqa talabalarni ham har tomonlama ilg‘or va faol bo‘lishga chaqirdi.

333