alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi Jalaquduq tumanida

16:51 02.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi koronavirus pandemiyasi qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini  Jalaquduq tumanida olib borishdi.


Targ‘ibot aksiyasi davomida ko‘ngilli  yoshlar  tumanning «Yangi ko‘rpa”, “Toshhovuz”, “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, “Yakkatut”, “Dilkash”, “Taraqqiyot”, “Beshkurash “ va Mirsodiqov nomdagi ko‘chalarida bo‘lishdi.


Targ‘ibotchilar koronavirus pandemiyasi sharoitida niqob bilan yurish va gigienik qoidalarga amal qilish zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bordilar. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida ko‘p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.
Volontyorlar “Yorqishloq” mahallasida aholinig uylariga birma-bir kirib sog’lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va tez tibbiy yordam kelguniga qadar birinchi yordam ko’rsatish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.


Aholiga gigienik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqatdilar. Jalaquduq tumani hokimi yosh targ‘ibotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti “Yosh volontyorlar” jamoasi koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini faol davom ettirilmoqdalar. Ko‘ngilli  yoshlarimizga omad tilaymiz!

 ADTI yoshlar Kengashi media guruhi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!