alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instiutida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

16:47 02.05.2019

Shu kunlarda yurtimizda  25- apreldan 25- maygacha «Fuqaro muhofazasi oyligi” davom etmoqda. Ana shu munosabat bilan 2- may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh xodimlari, institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov, bo‘lim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida  ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi xodimlari – mayor H.Razzaqov va  instruktor R.Boltaboevlar so‘zga chiqishib, qutqaruv asbob-anjomlari va vositalari bilan talabalar va xodimlarni tanishtirdilar hamda ulardan qay tartibda foydalanish yo‘llarini o‘rgatdilar. Shuningdek, institut hududida ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!