alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON SAXOVAT KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN INTERNAT UYIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK

15:07 25.11.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Saxovat”va Muruvvat” uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun pansionat faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy ko‘rik Andijon saxovat keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun internat uyida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institutning 10 turdagi mutaxassisliklaridan iborat  terapevt, kardiolog, nevrolog, okulist, jarroh, travmatolog, urolog, qon-tomir jarrohidan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etdi. Shifokorlar 954 nafar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatliklarini tekshirdilar.

Ko‘ruvlar davomida 6 nafar nogironligi bo‘lgan keksalarni yotoq xonalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 10 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 3 nafar bemorga esa viloyat davolash muassasalariga yo‘llanmalar berildi. Barcha bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Shuningdek, tadbir davomida 34 ta UTT va 25 ta EKG tekshiruvlari ham olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!