alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari maktab ochilish marosimida

17:13 19.10.2019

Andijon tibbiyot instituti professor-o’qituvchilaridan iborot ishchi guruhning maktablarga tashrifi davom etmoqda.


2019  yil 19 oktyabr kuni Marhamat tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabida Andijon tibbiyot instituti ishchi guruh ishtirokida yosh iqtidorlar  o‘rtasida 5 ta muxim tashabbus asosida tadbirlar tashkil etildi.


Dastavval, maktab kapital ta’mirdan chiqarilganligi munosabati bilan uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marhamat tumani xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sotvoldiyeva va Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Qurbonov,  Andijon tibbiyot instituti prorektori A.Sh.Arzikulov, Davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamatov, dekan muovini U.Karimov, Marhamat tumani XTB mudiri A.Abduvoxidova va maktabning  faxriy  ustozlari ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Lentalar qirqilib, maktabning ramziy kaliti  maktab direktori N.Parpiyevaga topshirildi.



Tadbirda Andijon tibbiyot instituti prorektori A.Sh.Arzikulov Andijon davlat tibbiyet instituti tomonidan kitoblar jamlanmalari va sport anjomlarini  topshirdi. Tuman xokimining o‘rinbosari M.Qurbonov quruvchilarni taqdirladi.  Tadbir milliy raqslarga ulandi.


Shundan so‘ng ADTI ning «Buqrot» futbol jamoasi bilan tumandagi maktablarning direktorlaridan tashkil topgan  jamoa o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazilgi. O‘yin natijalariga ko‘ra ADTI ning «Buqrot» jamoasi 5:2 xisobida g‘alaba qozondi.


Bundan keyin sportning boshqa turlari bo‘yicha  ham o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida shunday o‘rtoqlik uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib borish kelishib olindi.
 

U.Karimov

Davolash fakulteti dekan muovini

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!