alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon tibbiyot muassasalarida kislorod yetkazib beriladigan zaxira o‘rinlari yaratilmoqda

17:44 27.07.2020

Andijonda СOVID-19ga qarshi kurash doirasida tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha 2 mingta zaxira o‘rinlari yaratilmoqda. Ular davlat, xususiy klinikalarida tashkil etiladi. Bo‘lajak palatalarga tibbiy kislorod yetkazib berish masalasini hozirdanoq hal etishga kirishilgan.
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov mazkur masala muhokamasiga bag‘ishlab Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida yig‘ilish o‘tkazdi.
Ta’kidlash joiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida klinikada respublikamizda yagona bo‘lgan tibbiy kislorod ishlab chiqarish mini-zavodi ishga tushirilgan edi. 130 ming evro qiymatidagi mini-zavod Sog‘liqni saqlash vazirligi va GIZning «O‘zbekistonda peshqadam tibbiy texnologiyalarni boshqarish» loyihasi asosida barpo qilingan.

– Koronavirus xastaligiga chalinganlarda pnevmoniya alomatlari ko‘proq kuzatilmoqda, – deydi ADTI rektori Madamin Madazimov. – Shu sababli zaxira o‘rinlarga kislorod etkazib beriladigan bo‘lsa, muolajalar samarasi ortadi.
Viloyat hokimi kislorod sexlari uchun uskunalar keltirishni o‘z zimmasiga olgan holda bemor o‘rinlari yaratiladigan muassasalarda palatalarga ulanish uchun kerakli tibbiy-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish vazifasini tadbirkorlar va o‘sha muassasa rahbarlariga topshirdi.

–Hozirda bizning mini-zavodimiz 36 ta reanimatsiya o‘rinlariga kislorod etkazib beradi, – deydi ADTI klinikasi bosh shifokori Bahodir Rahmonov. – Zarur kommunikatsiya tarmoqlari tortilsa, bu raqam 700 taga yetkazilishi mumkin.

Manba: O‘zA

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!