Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan muloqotda

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon viloyat hokimligi vakillarining an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu gal tibbiyotchilar bilan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkirbek Ilhomovich Shukurov ochiq muloqotda bo‘ldi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Institut rektori, professor M.M.Madazimov olib borgan samimiy uchrashuvda institut prorektorlari, dekanlar, guruh rahbarlari,  barcha kurslardan faol talabalar, guruh etakchilari ishtirok etdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘.I.Shukurov, avvalo, Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar har bir sohada viloyatimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalariga ibrat bo‘lib kelayotganligi uchun jamoaga minnaddorchilik bildirdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tibbiyot sohasini tanlagan inson sadoqatli, fidoiy bo‘lishi,  xato qilishga yo‘l qo‘ymasligi zarurligini ta’kidladi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Suhbat davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari, atrofidagilar bilan muloqotda hamisha samimiy bo‘lishi kerakli yuzasidan fikrlar bildirildi

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ochiq muloqot jarayonida viloyat hokimi o‘rinbosari talabalarning qiziqishlari, ta’lim tizimidagi islohotlarga munosabati bilan qiziqdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lgan talabalari kelgusida malakali shifokor bo‘lib el-yurtga sidqidil bilan xizmat qilishga ahd qildilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uchrashuv yakunida talabalar Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘.I.Shukurov bilan “Eko aksiya” doirasida institut hovlisiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida ishtirok edilar.

ADTI axborot xizmati

441