alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyati Bo‘z tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda

16:03 13.07.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, 2019-yilning 10-13- iyul kunlari Bo‘z tumani TTBga qarashli Guliston MFY da joylashgan  20-QOP va Sariqjo‘ga MFYda joylashgan Paxtakor QVP larda tibbiy ko‘riklar o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog mutaxassislaridan iborat 14-16  nafardan malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etishmoqda.


Tibbiy ko‘riklar davomida tuman aholisining 1245 nafari ko‘rikdan o‘tkazildi va ushbu aholi orasida 1894 ta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rikdan o‘tganlar o‘rtasida 214 nafarida turli hil surunkali hastaliklar  aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 14 nafar fuqarolar joylarga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha hududlardagi 625 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli hil surunkali va yuqumli hastaliklar to‘g‘risida va ularni oldini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar, hamda 2 ta davra suhbati o‘tkazib berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!