alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyati hokimligi vakillari Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi

15:21 01.12.2020

Andijon viloyat hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri Elyorbek Xolmirzayev  Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari, magistrlar bilan suhbatda bo‘ldi. Samimiy uchrashuvda institut rektori, professor M.M.Madazimov ishtirok etdi.
E.Xolmirzayev dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 6-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar, mamlakatimiz prezidenti rahbarligida tibbiyot tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, bitiruvchilari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida faol bo‘lishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o‘rni, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng tibbiyot instituti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi. Bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojjaat etib, savollariga batafsil javob oldilar.
Andijon viloyat hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri Elyorbek Xolmirzayev  savol-javoblar davomida institut hayoti, amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishdi. E’tibor qaratilishi zarur masalalar yuzasidan taklif-mulohazalarini bildirdi.
Samimiy muloqot biriruvchilar uchun samarali bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!