alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyati: PANDEMIYA CHEKINDI JONKUYAR HAMYURTLARIMIZ BOR BO‘LSINLAR!

09:50 05.05.2020

Andijon viloyatida pandemiya oqibatlari izchil bartaraf etilmoqda. Joriy yilning 15 martidan shu kunga qadar viloyatda 61 ming 11 nafar fuqaro karantinga olindi. Ularning 3230 nafari respublika tashqarisidan kelganlarni tashkil etdi.
Viloyat hokimi boshchiligida tibbiyot xodimlari, tashkilot va muassasalar mutasaddilari sa’y-harakatlari bilan 52600 nafar fuqaro karantin muddatini o‘tab, sog‘-salomat uylariga qaytarildi. Qolgan 8311 nafari hozircha tibbiyot xodimlari nazoratida.
Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 33 mingdan ziyod kishidan test olinib, virusga tekshirildi. Jami 165 nafar bemor aniqlangan bo‘lsa, 4 may holatiga 120 nafari to‘liq sog‘aydi. 45 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida zarur muolajalar olmoqda. Bemorlarga 68 nafar shifokor, hamshira va texnik xodimlar xizmat ko‘rsatmoqda. Salomatlik posbonlari o‘z burchlarini sidqidildan, sharaf bilan ado etmoqdalar.
Aytish joizki, ushbu ishlar uchun mahalliy byudjetdan 12 milliard so‘m, homiylar hisobidan 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Karantin davrida aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand vakillariga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, himoya vositalari etkazib berildi. YOrdamning manzilliligini ta’minlash uchun tashkil qilingan “Sall-markaz” xizmati orqali 17936 ta murojaat qabul qilindi.
Aksariyat fuqarolarimiz ongli ravishda karantin qoidalariga rioya qilib, uyda o‘tirgan bo‘lsalar, belgilangan tartibni buzganlar ham qayd etildi.
Jumladan, shu davr mobaynida tartibga rioya etmaganlarga nisbatan 6467 ta ma’muriy bayonnomalar tuzildi. 57 ta holatda tibbiy nazoratga olingan muassasalarni tashlab ketish, 57 ta holatda noqonuniy savdo qilish, 6229 ta holatda niqob taqib yurmaslik qayd etildi. 3 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

S.Shukurov,

«Andijonnoma» gazetasi bosh muharriri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!