alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyatida 2 nafar bolali oilalar soni ko‘p

14:33 24.06.2022

2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Andijon voliyatida 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 77,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:

– bir bolalilar 22,7 %;

– ikki bolalilar 28,1 %;

– uch bolalilar 18,4 %;

– to‘rt va undan ko‘p bolalilar 8,5 %.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 22,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan  bolalar mavjud emas.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Andijon viloyati uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha: bir kishilik – 2,9 %, ikki kishilik – 6,0 %, uch kishilik – 8,9 %, to‘rt kishilik – 18,4 %, besh kishilik – 20,6 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 43,2 %ni tashkil etmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!