Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti hamda Koreyaning TEGU  universiteti  hamkorligidagi “Tibbiyot injeneriyasi” qo‘shma magistrlik dasturi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

16:40 04.12.2018

2018-yil  3-dekabr kuni ADTI, Andijon mashinasozlik instituti  va Koreyaning Tegu universiteti  hamkorlikda ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha  institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida «Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Endilikda  bo‘lg‘usi tibbiyot muhandislari  2018-2019 o‘quv yilining 1-semestrida  Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oladilar. 2-semestr o‘quv mashg‘ulotlari Andijon mashinasozlik institutida  olib boriladi. Kelgusi o‘quv yilida esa ular Koreyaning Tegu universitetida  ta’lim oladilar.
Ana shu munosabat bilan 2018- yil 4-dekabr kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor  M.Madazimov  magistratura talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida institut rektori  “Tibbiyot  va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalarni qizg‘in tabrikladi. Professor M.Madazimov suhbat chog‘ida  tibbiyot muhandisligi sohasini bugungi kunda eng kerakli  va muhim soha ekanligini, texnikaning jadal rivojlanishi, mamlakatimizda tibbiyot muassasalariga olib kelinayotgan eng zamonaviy tibbiy asbob –uskunalarni, jihozlarni o‘rnatishda va ulardan xalqimiz salomatligi yo‘lida samarali foydalanishda tibbiyot muhandislariga ehtiyoj juda katta ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida  ularni tibbiyot yo‘nalishida yetarli bilim olishlari   uchun har tomonlama  zarur  sharoitlar mavjudligini aytib  o‘tdi.


Kelgusida ularning malakali tibbiyot muhandisi bo‘lib yetishishlari uchun bir vaqtning o‘zida tibbiy va texnik  bilimlarni, shu bilan birgalikda chet tilini mukammal  o‘rganishlari lozimligini alohida ta’kidladi. Ularning kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirib, mazkur magistratura mutaxassisligining “birinchi qaldirg‘ochlari”ga chin dildan  omad va zafarlar tiladi.
 

Skip to content Click to listen highlighted text!