alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda Alisher Navoiy tavalludining  579 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

12:03 09.02.2020

O‘zbek xalqining aziz farzandlaridan Alisher Navoiyning odamiylik, ezgulik, poklik, halollikni, yurtparvarlikni, tinchlikni tarannum etgan asarlari bugungi kunda jahon miqyosida ham adabiyot muxlislarining mehri va ardog‘ida bo‘lib kelmoqda

Alisher Navoiy milliy ma’naviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan daho shoirdir. Mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, ilm-fanga e’tibor qaratish borasidagi islohotlar jarayonida shoir bobokalonimiz merosini mukammal o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda

Andijonda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Viloyat markazidagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududdagi buyuk mutafakkir haykali oldiga erta tongdanoq turli korxona, tashkilot, idoralar, ta’lim muassasalari, jumladan Andijon davlat tibbiyot institutining 150 dan ziyod professor-o‘qituvchi va talabalari,  ijodiy tashkilotlarning vakillari, adabiyot muxlislari to‘plandi.

Avvalo Navoiy haykali poyiga guldastalar qo‘yildi.

Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov buyuk shoir va  mutafakkir  shaxs  Alisher Navoiy qoldirgan bebaho merosi xususida to‘htalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar Navoiy merosining olamshumul ahamiyati, komil shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

Tantanali tadbir davomida she’riyatning betimsol namunalari yangraydi, Navoiy ijodiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

E’tirof etish kerakki, tadbir ishtirokchilari tomonidan Navoiy haykali poyiga qo‘yilgan anvoyi gullar ulug‘ daho xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromning  yorqin bir ifodasidir.
 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!