O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 – sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 -yil 19- iyun kuni Andijon davlat tiibiyot instituti anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda, Andijon Viloyat Ko‘p Tarmoqli tibbiyot birlashmasida «Aorta koarktatsiyasi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Rossiya Federatsiyasi Sankt – Peterburg shahridagi I.V.Pavlov nomli Birinchi Davlat Tibbiyot Universiteti, Qon tomir jarrohlik kafedrasi professori Marchenko Sergey Pavlovich o‘tkazdi. Seminarda ADTI professor – o‘qituvchilari, AVKTTB shifokorlari, ADTI anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi xodimlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari, magistr va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.