alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyot kitoblari ko‘rgazmasi

15:43 14.09.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “ILM NURLI ZIYO” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida 14-16 sentyabrt kunlari kitoblar ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilmoqda. “АМКВЯ-2020” (Андижанская медицинская книжная выставка-ярмарка-2020) deb nomlangan ko‘rgazma-yarmarka “ПРЕЖДЕ ВСЕГО НЕ НАВРЕДИ” (Avvalo zarar etkazib qo‘yma) shiori ostida o‘tkazilmoqda.


Andijon davlat tibbiyot instituti Samarqandda faoliyat ko‘rsatuvchi “ILM NURLI ZIYO” MChJ bilan uzviy aloqa o‘rnatgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasining “GEOTAR-Media” nashriyoti bilan shartnoma orqali tibbiyot adabiyotlar bilan axborot-resurs markazi jamg‘armasi boyitilib boriladi.


Institutida hozirgi kunda “GEOTAR-Media” nashriyoti bilan hamkorlikda talabalar uchun 10 nomda tibbiyotga oid adabiyotlarni muallifidan ruxsat olgan holda tarjima qilish ishlari olib borilmoqda.


Onlayn ko‘rgazmada “ILM NURLI ZIYO” MChJ, “GEOTAR-Media” nashriyotida chop etilgan adabiyotlar taqdim etiladi. Shuningdek, tibbiy adabiyotlar mualliflarining taqdimotlari o‘tkaziladi, mutaxassislarning ma’ruzalari rejalashtirilgan.

Andijondagi kitoblar ko‘rgazmasi tibbiyot sohasining rivojiga munosib xissa qo‘shishiga ishonamiz.

D.Umurzaqova

ADTI Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!