Andijonda koronavirus yuqtirib olgan 4 nafar bemor sog‘aydi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

12 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi bilan davolanayotgan 4 nafar bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol kishilar bo‘lib, 3 nafari Andijon shahridan, 1 nafari Oltinko‘l tumanidan,  ular orasida 3 yoshli qizaloq bor.

Eng ahamiyatli bir ma’lumot e’tiborlidir, andijonlik 60 yoshli, jigar sirrozi tashxisi bilan og‘irigan erkak ham shifokorlarning malakali maxsus davosi, xalqimizning duo va tilaklari tufayli koronavirusga chalingan bo‘lsada tuzaldi

Bugungi kunga qadar viloyatda jami 169 nafar fuqarolar ushbu kasalikka chalingan bo‘lib, ularning 162 nafari yoki 95 foizi butkul sog‘aydi. Hozirda shifoxonada 7 nafar bemor davolanmoqda.

Andijon SSB matbuot xizmati

98