2019-yil 13-fevral kuni Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maydon erta tongdan kelajakka ishonch bilan boquvchi, kuchli va serg‘ayrat yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Shu kuni “Andijonda ommaviy sport oyligi”ning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy sport oyligi tadbirida viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida ADTI rektori M.Madazimov, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari va institut talabalari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbirni viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyati mudiri A.Mirkomilov ochib, barchani salomatlik garovi bo‘lgan mazkur oylikda faol ishtirok etishga chaqirdi. Davrada O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng, viloyatimizdagi maxsus sport maktablari, klublar, olimpiya zahiralari sport kolleji o‘quvchilari, o‘zbek jang san’ati ustalari, velopoygachilar va chempionlar tomonidan chiqishlar qilindi.
Boks bo‘yicha jahon chempioni, xalqaro olimpiada o‘yinlari g‘olibi O‘tkirbek Haydarov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi.
Tadbir so‘ngida barcha yoshlar ommaviy badantarbiya mashqlarini bajardilar.