alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda OTISga qarshi marafon

10:04 02.12.2019

1-dekabar – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Hamjamiyatlar ahamiyatiga ega!” shiori ostida marfon o‘tkazildi.

“Asr vabosi” deya tilga olinadigan OITS – Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligi haqida bugun barcha ma’lumotga ega. OITS dardiga mubtalo bo‘lgan insonning umri, albatta, zavol topadi. SHuning uchun ham OITSga qarshi kurash butun dunyo miqyosida olib borilmoqda. 1-dekabar – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab UNICEF, AIDS kabi xalqaro tashkilotlar, respublika miqyosidagi “Oila va nikoh markazi”, “Sog‘lom avlod” xayriya fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshar ittifoqi kabi davlat va jamoat tashkilotlari turli ommaviy tadbirlar o‘tkazadi.

Andijon shahrining Mustaqillik ko‘chasining Bobur shohko‘chasi tomonidan “Registon” majmuasigacha bo‘lgan qismida o‘tkazilgan marafon Andijon viloyat hokimligi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, OITSga qarshi kurash markazi, Madaniyat boshqarmasi kabi bir qator tashkilot va tibbiy muassasalar tashabbusi bilan tashki etildi. Ommaviy tadbirda oliy ta’lim muassasalari, jumladan Andijon davlat tibbiyot institutining 200 dan ziyod professor-o‘qituvchilari, xalq ta’limi hamda tibbiyot xodimlari, mahallalar faollari, uyushmagan yoshlar, sportchilar ishtirok etishdi.

“Kuchlarni birlashtiraylik, sog‘lom muhit yarataylik, OIV/OITSni to‘htataylik!”, “Giyohvandlik – umr zavoli! OITSdan saqlaning!”,  “Xorijga chiqivchilar, seni oilang kutmoqda!” kabi shiorlar ostida yurish qilgan yurtdoshlarimiz OITS kasalligiga qarshi kurash har birimizning vazifamiz ekanligini ko‘rsata olishdi.

Marafon ishtirokchilari “Registon” maydonida yig‘ilish o‘tkazdilar. Unda so‘zga chiqqan tashkilotchilar OIV infeksiyasi va OITSni dunyo bo‘yicha tarqalishi, yuqish yo‘llari, klinik bosqichlari, oldini olish va davolashga oid yangi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar, OITS kasalligiga chalingan bemorlarning ramziy belgisi – qizil tasmaning tarixi va qo‘llanilishi haqida so‘z yuritishdi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Andijon viloyati bo‘limi xonandalarining chiqishlari marafon ishtirokchilariga ko‘tariki kayfiyat bag‘ishladi.

Yosh sprotchilar, badiiy havaskorlik gurhlarining chiqishlari har bir inson sog‘lom turmush tarzi bilan baxtli yashashini ko‘rsatdi.
1-dekabar – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Hamjamiyatlar ahamiyatiga ega!” shiori ostida o‘tkazilgan marafon ishtirokchilari har bir dardga birgalikda kurashish uchun birlasha olishlarini ko‘rsata olishdi.

Odiljon KARIMOV,
ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!