alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA SAYLOVOLDI MITING

15:35 31.08.2021

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish barobarida siyosiy faolligini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan. “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan Baliqchi tumanida tashkil etilgan “Adolat-har bir inson uchun” mavzusidagi  targʻibot mitingi ayni shu maqsadga qaratildi. Unda “adolatchilar” bilan birga mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida dastlab yigʻilganlarga amaldagi qonunchiligimizga  kiritilayotgan oʻzgartishlar, Saylov kodeksi va fuqarolarning huquq va burchlariga qaratilgan maʼruzalar eshitildi. Mitingda soʻzga chiqqan partiyaning viloyat kengashi raisi oʻrinbosari Qosimjon Qayumov jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun barcha bir kuch boʻlib birlashishi lozimligini taʼkidladi. Bu yoʻlda “adolatchilar” oldingi safda borishligi taʼkidlandi.

Shu yilning 24-oktyabrʼ kuni oʻtkaziladigan Prezident saylovidan  jamoatchilik qanchalik habardor? Saylovchilar siyosiy partiyalarning siyosiy jarayonda ishtirokini qanday tushunadilar? Ayni shu savollarga javob topish maqsadida tashkil etilgan viktorina ishtirokchilarda qiziqish uygʻotdi. Keksa yoshdagi otaxonlar ham berilgan savollarga birinchilardan boʻlib javob berib, oʻz faolligini koʻrsatdilar. 

Xonadonlarga koʻchgan tadbir oʻz samarasini berdi. Oilalarda boʻlajak saylov yuzasidan oʻtkazilgan suhbatlar fuqarolar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Baliqchiliklar shu kuni “Bir saylovchi-bir ovozga ega” tamoyiliga amal qilgan holda Prezident saylovida qatnashishga qaror qildilar. Eng faol ishtirokchilarga viloyat partiya kengashining esdalik sovgʻalari topshirildi.