(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda “Sog‘lom kelajak uchun” shiori ostida ommaviy yugurish o‘tkazildi.

09:48 07.11.2020

Andijonda “Sog‘lom kelajak uchun” shiori ostida ommaviy yugurish o‘tkazildi.




“Yangi nafas” sport va ijtimoiy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan ommaviy yugurish – marafonda nuroniy otaxonlar, turli kasb egalari, yoshlar, maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.



Marafonda avvalo maktab o‘quvchilariga, keyin turli soha xodimlari va harbiylarga start berildi.

Andijonda start berilgan marafon “Save Aral” (“Orolni qutqaring!”) g‘oyasini o‘zida mujasam etgan bo‘lib respublikamizning Namangan, Farg‘ona, Jizzah, Sardoba, Samarqand, Navoiy, Xiva va Orol bo‘yidagi Mo‘ynoq shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Yangi nafas” sport va ijtimoiy harakati O‘zbekiston Yengil antletika federatsiyasi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kabi bir qator tashkilotlar va Andijon viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan marafonning ochilish marosmida so‘z olgan Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘.I.Shukurov mazkur marafon koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tdi.



Barcha ishtirokchilar juda katta ko‘tarinkilik bilan ishtirok etgan marafon yakunida g‘oliblar munosb taqdirlandilar, faol ishtirokchilarga “Sertifikat” topshirildi.


Yana bir xushxabar, Andijonda ommaviy yugurush o‘tkazilayotganligidan xabardor bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot institutining Janubiy Koreyalik talabalari ham “Save Aral” marafoniga onlayn ravishda qo‘shildilar. Xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani Gulbahor Yaxshiboevaning xabar berishiga ko‘ra xorijiy talabalarimiz ham 3 kilometr masofaga yugurib sog‘liqlarini mustahkamladilar

Andijonda “Sog‘lom kelajak uchun” shiori ostida o‘tkazilgan va bayramona tus olgan marafon Respublikamiz bo‘ylab 2021 yilning aprel oyiga qadar ko‘tarinki ruhda o‘tishiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati