alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda tajribali mutaxassis, O‘zbekiston qahramoni Xolidjon Komilov bilan uchrashuv va ilmiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi

16:36 15.04.2019

2019-yil 13-aprel kuni Andijonda  tibbiyot fanlari doktori, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi  mudiri, professor,O‘zbekiston Qahramoni Xolidjon  Komilov  tashif buyurdi. Taniqli  shifokor bilan tashkil etilgan uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov, professor-o‘qituvchilar, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari talabalari  ishtirok etib, samimiy va dildan suhbat qildilar.

Suhbat chog‘ida X.Komilov o‘zining  uzoq yillik mehnat faoliyati davomida ko‘z kasalliklari, mikroxirurgiyasi, neyrooftalmologiya, oftalmokibernetika kabi dolzarb  sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari va olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida so‘zlab berdi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, mutaxassislar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu kuni  tajribali shifokor tomonidan “To‘r parda  tug‘ma yallig‘lanishi va distrofik kasalliklari. Tapetoretinal abiotrofiyalar” mavzusida  mutaxassislar uchun ma’ruza o‘qib berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!