alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab mashg’ulotlari o’z nihoyasiga yetdi

14:39 22.06.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan 2019-yil 16-23- iyun kunlari   millatlararo madaniy va tibbiy tajriba almashishni amalga oshirish  maqsadida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun  tashkil etilgan

“Vodiy gavhari” nomli xalqaro yozgi maktabning yopilish  marosimi bo’lib o’tdi.ADTI talabalar tarar joyida yozgi maktab  ishtirokchilarining  bir hafta mobaynida  olgan amaliy ko’nikmalari yuzasidan sinovlar tashkil etildi.

Sinovlarda “Eng yaxshi reanimatolog”, “Eng yaxshi  qutqaruvchi”, “Eng yaxshi pazanda” nominatsiyalari bo’yicha  g’oliblar aniqlanib,  ularga  diplom  va sertifikatlar topshirildi.

Belarussiyaning  Gomel davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi  I.M.Sechenov nomidagi  1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahridagi  M.Ospanov nomli G‘arbiy-Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent Farmatsevtika instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining    jami 12 nafar talabasi Andijondan  o’z mutaxassisligi  bo’yicha muhim amaliy ko’nikmalarni hosil qilgan holda yaxshi taassurotlar bilan maroqli dam olib, o’z yurtlariga  jo’nab ketdilar.

Mashg’ulotlar va sayr davomida talabalarga institut Yoshlar itttifoqi boshlang’ich tashkiloti faollari hamrohlik qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!