alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda Xotira va Qadrlash kuniga bag’ishlangan tantanali harbiy yurish tadbiri o’tkazildi

15:23 09.05.2019

9 – May. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan olamshumul g’alabaning shonli tantanasi. Vatan, ona yurt, jonajon xalqimizning tinchligi, osoyishtaligi uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizni Xotirlash kuni.

Endilikda bu qutlug’ ayyomning mazmun-mohiyati yanada kengayib, el-yurt ravnaqi, farovonligi, yosh avlod kamoloti yo’lida  jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan yoshi  ulug’ insonlarni  Qadrlash kuni sifatida ham nishonlanmoqda.

2019 -yil 9 – may tongini yurtdoshlarimiz  o’zgacha shukuh, ko’tarinkilik va bayramona tarzda  qarshi oldilar. Bayramona yurish tadbiriga shoshilgan katta-yu kichik kishilar Andijon shahri markazidagi  Bobur nomli maydon atrofiga yig’ildilar.

Bu yerda qarbiy qismlardagi jangovor mashinalar, askarlar, viloyatdagi barcha tashkilot va muassasalardagi ishchi xodimlar, talabalar va o’quvchilar  harbiycha yurish mashqlariga saf tortib turdilar.

Bayram munosabati bilan harbiycha yurish mashqlariga viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov start berdi.

Qalblarda cheksiz g’urur va iftixor, ko’zlarda quvonch porlab, qalblarda hayojon,ertangi kunga umid  va ishonch   hislari zohir bo’lgan yurtdoshlariimiz Bobur maydonidan ommaviy parad yurishini boshladilar.

Bayroqlar, shiorlar ko’targan yoshlar musiqa va do’mbira sadolari ostida umumiy safga qo’shildilar.

Bayram paradida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov,  fakultet dekanlari, o’rinbosarlari, institut harbiy kafedrasi o’qituvchilari, kursantlari va talabalar  ishtirok etib, yurtdoshlarimizga o’zlarining harbiy salohiyatlarini yana bir bor namoyon etdilar.

Ular orasida davolash ishi, pediatriya va stomatologiya fakultetlarining talabalari alohida faollik ko’rsatdilar.

Bayram  yurishi Amir Temur ko’chasi, so’ngra Navoiy shohko’chasi  bo’ylab davom etib, viloyat hokimligi binosidan o’tib va Xotira maydoniga qadar davom etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!