ANDIJONDA YANA 4 NAFAR BEMOR  SOG‘AYDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

So‘nggi kunlarda tibbiyot xodimlarining matonatli mehnati ketma-ket sog‘ayib chiqayotgan bemorlar timsolida namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida kecha bo‘lib o‘tgan global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimiz aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishda ham kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan jonkuyar shifokorlarga xalqimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildirilganligi  ham bejiz emas.

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasidan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Ulardan 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan to‘liq tuzalib chiqqanlar 51nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 454 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

78