alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda  Yoshlar bog’i ochildi

17:17 01.07.2019

2019- yil 29- iyun kuni Andijon shahrida  Yoshlar bog’ining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. 30 iyun – Yohlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bog’ning ochilishida Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati , ijtimoiy –rivojlantirish va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O’.Shukurov, ADTI rektori M.Madazimov, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyati kengashi raisi O.Yuldashev hamda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, talaba- yoshlar, litsey, kollej va  umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu bog’ning ochilishi viloyatimiz yoshlari uchun katta bayramga aylanib ketdi. Shu kuni yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan o’z iqtidorlarini namoyish etdilar. Talaba-yoshlar turli ma’naviy- ma’rifiy kechalar va sport musobaqalarida faol qatnashdilar.


Shuningdek, ADTI talaba- qizlari  milliy  va zamonaviy liboslar ko’rgazmasini namoyish  qildilar.  Vatan, tinchlik, do’stlik va yoshlikni tarannum etuvchi kuy va qo’shiqlar  esa barchani davraga chorladi. Bayram ishtirokchilari yayrab raqsga tushib, miriqib madaniy dam oldilar.



 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!