alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Andijonda yoshlar o‘n kunligi" loyihasi davom etmoqda

19:21 04.02.2020

«Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida amalga oshirilayotgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Yoshlar yangi-yangi takliflar, tashabbuslar bilan ish olib borishmoqda. Ulug‘nor tuman hokimi lavozimiga saylangan yosh hokim v.v.b Sh.Sapioxunov yosh avlodning tarbiyasiga bolaligidan e’tibor qartish zarur deb hisoblaydi va shuning uchun ham tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat Kengashi  raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Anvarovich Abdullaevga ko‘makdosh bo‘lgan talabamiz Barkamol Abdusamatov ham bolajon talabalarimizda. Barkamol aholining muammolarini o‘rganish bilan birga yosh avlodning ma’naviy kamolatini yuksaltirish borasidagi ishlarni kuchaytirmoqda.


O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Lebiral demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Sarvarbek Yo’liboyev har bir masalaga jiddiy yondashuvchi talabalarimizdan. Sarvarbek mahalla faollari bilan hamkorlikda obodonlashtirish, nuroniylarning duosini olishga intilmoqda.


O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Andijon viloyati kengashi  raisi A.A.Nurmatovga ko‘mak berayotgan yosh deputat Fayzullo Xodjimatov viloyat xokimi tashabbusi bilan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida Andijon Olimpiya Zahiralar kollejida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida o‘ziga tegishli hududdagi “Guliston” MFYga yao‘ovchi 1 nafar fukaroni “Bobur MCHJ”ga karashli korxonaga ishga joylashtirdi va 2 nafar fukaroga imtiyozli – 16% li kredit olishiga yordam berdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan Izzatillo Ismoilov ham Izboskan tumani “Janobod chorvasi” chorvachilik fermer xo’jaligi rahbari Azamjon Daminov bilan birga tumanni obodonlashtirish masalasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda.

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga tayinlangan Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlari zimmalaridagi vazifani a’lo darajada bajarishga intilmoqdalar. Institut jamaosi talabalarimiz zimmalariga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajarishiga ishonadi. Chunki ularning dadil qadamlari ishonchimizni oqlashlariga dalildir.

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!