alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Andijonda yoshlar o‘n kunligi" loyihasi ishtirokchilari maktabda

15:09 07.02.2020

«Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida amalga oshirilgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasida ishtirok etgan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari joylarda o‘zlari tanlagan kasb o‘ynalishlari bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlarini ko‘rsatishga harakat qildilar.


Jumladan, Jalaquduq tumani hokimi vazifasini bajargan I.Ziyoyev va Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati vazifasini bajaruvchi D.Abdurahmonova boshchiligida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari J.Umurzaqov va A.Azimovlar Jalaquduq tumanidagi 1- va 17-umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun favqulotda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazib berdilar.


Mashg‘ulotda maktab o‘quvchilari qiziqish bilan ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga talabalar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!