alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Andijonda yoshlar o‘n kunligi" loyihasining faol ishtirokchilari Marhamat tumanida

16:03 05.02.2020

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasida ishtirok etgan talaba-yoshlar amalga oshirgan ishlar ko‘pchilikni mamnun etmoqda. Loyiha ishtirokchilari bir-birlari bilan hamkorlik qilib, o‘zaro fikr almashib ish olib bordilar. Ayniqsa, Marhamat tumanida faoliyat olib borgan talabalarimizning ishlari e’tirofga loyiq.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi – Marhamat tumani hokimi v.v.b. A.Abdurashidov o‘zining o‘rinbosarlari hamda tumandagi ba’zi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Marhamat tumanining chekka hududlaridan biri, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan “Bo‘riboshi” MFY o‘ramidagi “Orol”, “Darxon”, “Qiziloyoq” ko‘chalarida yashovchi aholi bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.

Marhamat tumani hokimi v.v.b. A.Abdurashidov 10 km.da ziyod yo‘lni piyoda yurib, 100 dan ortiq xonadonlarda bo‘ldi, shu hududda yashovchi bemorlar holidan xabar oldi.

Tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga borib, u erdagi muammo va kamchiliklarni o‘rgandi hamda bemorlardan xol-ahvol so‘rab, xizmat ko‘rsatish ya’ni davolash jarayonlari qay darajada amalga oshirilayotgani haqida suhbatlashdi.

Marhamat tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.v.b. M.Iminjonova ham tuman IIB katta inspektori, mayor X.Sobirjonova va tuman «Targ‘ibot» guruhi raisi X.Egamberdiнevalar hamkorligida tumandagi “Sho‘rqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassisining ish faoliyati bilan tanishib, hududdagi ajrim arafasidagi L.Mahmudovaning oilaviy kelishmovchiliklarini o‘rganib, zarur yordamni berdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari – Marhamat tumani hokimi v.v.b. A.Abdurashidov va Marhamat tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.v.b. M.Iminjonovalar o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berib, ushbu holatlarni nazoratga oldilar.

«Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida amalga oshirilayotgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasining belgilangan muddati yakuniga yetmoqda. Loyihada ishtirok etgan yoshlar qanday natijaga erishganlarini keyinroq tahlil qilamiz. Lekin shuni alohida e’tirof etish kerakki, yoshlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchli oqlashga sidqidil bilan harakat qilishdi, dadil qadam tashlashdi. Loyihadan ko‘zlangan ezgu maqsadlardan biri aynan mana shu edi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!