Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Anesteziologiya – reanimatologiya, bolalar anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi

Toshboyev Sherzod Olimovich
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi: tibbiyot fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: доцент
ORCID: 0000-0003-1824-1454
e-mail: shertoshboev@gmail.com

ADTI anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi 1973 yili professor S.U. Djumabaev boshchiligidagi xirurgiya kafedrasi qoshida anesteziologiya-reanimatologiya kursi bo’lib tashkil etilgan. Kurs mudiri bo’lib dotsent M.M. Otaboev faoliyat olib borgan. 1975 yil M. A. Maxmudjanov assistentlik lavozimida ishlab, 1978 yilda «Oyoqlar venalari kasalliklarini davolash natijalarini baholash va uning dinamikasida reovazografiyaning o’rni» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979-1981 yil mobaynida kafedra mudiri lavozimida dotsent N.A. Udachina faoliyat olib borgan. 1983 – yildan 1999 – yilgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent M.A. Maxmudjanov ish olib bordi. Shu yillari kafedraning vakant lavozimlariga T.B. Djurabaeva, I.R. Paxmurin, B.Y. Mamatov, L.A. Melkumov, B.E. Muminov, A.M. Xamidov, R.E. Mamadaev tayinlandilar. 1998 yilda B.Y. Mamatov «Operatsiyadan keyingi davrda bronh-o’pka asoratlari profilaktikasi va davolashda limfotrop pretraxeal antibiotikoterapiya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va 2001 yilda dotsentlik unvoni berildi. Kafedradan malaka oshirish kursi bo’linib chiqishi munosabati bilan 2002 yildan dotsent B.Y. Mamatov anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi va kafedrada assistentlar A.M. Xamidov, B.E. Muminov, O.S. Mamasodikov, R.E. Mamadaev, A.Z. Zokirov, O.A. Xamraev, O.K. Abdullaevlar ishlab keldilar. 2015 yilda anesteziologiya – reanimatologiya kursiga t.f.n. dotsent B.Y. Mamatov kurs mudiri lavozimida, katta o’qituvchi B.E. Mo’minov o’quv ishlari bo’yicha ma’sul, assistent O.A. Qo’ziev ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha, assistent R.E. Mamadaev davolash ishlari bo’yicha ma’sul, M.S. Sobirov talabalar ilmiy jamiyati bo’yicha ma’sul lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. 2019 yil oktabr oyidan Anesteziologiya – Reanimatologiya va Bolalar Anesteziologiya – Reanimatologiya kafedrasi tashkil topti va kafedra mudiri lavozimiga t.f.n., dotsent S.O. Toshboev tayinlandi

Анестезиология – реаниматология Yo`nalishi institut klinikasining 5-6-blok, 2-3qavatida (Anesteziologiya-reanimatologiya bo’limida) joylashgan. Yo`nalishi umumiy joylashish maydoni 430 m2 dan iborat bo’lib, zamonaviy o`quv jihozlari bilan jihozlangan 4 ta xonadan iborat, 1 ta dotsent xonasi -17,5 m2 , 1 – o’quv xona – 19 m2 , 2 – o’quv xona – 15 m2 , 3 – o’quv xona – 8,5 m2 , jami – 60 m2 . Manzil: 710100, Andijon sh., Y. Otabekov, 1-uy

Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi Yo`nalish Andijon viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazining jarroxlik bo’limlai binosida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 145 m2 dan iborat, zamonaviy o’quv jihozlar bilan jihozlangan 7 ta xonadan iborat. Manzil: 710100, Andijon sh., Furqat, 5-uy

Skip to content Click to listen highlighted text!