alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AQSHning Michigan universiteti professori Alisher Dadaboev tibbiy ta’limda yangi innovatsiyalarni qo‘llashda ko‘mak bermoqchi

15:07 06.06.2019

2019-yil 6-iyun kuni  Amerika Qo‘shma Shtatlari Michigan universiteti  professori Alisher Dadaboev Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Institut  xalqaro aloqalar bo‘limida ADTI rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, Farmatsiya yo‘nalishi mas’uli Z.Ergasheva, Umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri S.Salohiddinov hamda Michigan universiteti professori A.Dadaboevlar o‘rtasida qizg‘in va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida institut rektori Michigan universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilayotganligi va bu borada professor A.Dadaboevning alohida hissasi borligini, har ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi  hamkorlik yanada mustahkamalanishini ta’kidladi hamda tashrifi uchun unga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

O‘z o‘rnida AQShning Michigan universiteti professori o‘zi faoliyat olib borayotgan ilm dargohidagi o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy jarayonlar, yangiliklar va innovatsiyalar   to‘g‘risida so‘zlab berdi. Suhbat davomida Andijon davlat tibbiyot instituti bilan yaqindan hamkorlik qilish, xususan, Farmakologiya va klinik farmakologiya, Anesteziologiya  va reanimatologiya,  Umumiy jarrohlik, Psixiatriya kafedralari bilan  muhim yangiliklarga qo‘l urishdan  g‘oyat mamnunligini aytdi.

Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni ilmiy izlanishlar olib borishi, ularning malakasini oshirish, ilmiy maqolalarni xorijiy matbuotlarda chop etilishi bo‘yicha taklif va fikrlarini bildirdi hamda kelgusida bu borada ko‘maklashishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

Shu kuni  professor A.Dadaboev ADTI klinikasi 2-xirurgiya bo‘limida bo‘lib, bemorlarni ko‘rdi va  “Surunkali og‘riqlar bo‘lgan bemorlarda mahalliy og‘riqsizlantirish xususiyatlari” mavzusida  mahorat darsini o‘tkazdi. Mahorat darsida kafedra xodimlari, soha mutaxassislari, shifokorlar,  magistr va klinik ordinatorlari o‘zlari  uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!