“Avitsena avlodlari” jamoasi xalqaro olimpiada g‘olibi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasi Cholpon-Ata shahrida joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari o‘tkazilgan “Innavatsii v sfere meditsinskoy nauki i obrazovanii” mavzusidagi Xalqaro oliy ta’limlararo ilmiy-amaliy konferensiyada – olipiada Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Zafarbek Qahharov va shu kafedra assistenti Sarvinoz Abduvorisova va iqtidorli talabalardan iborat “Avitsena avlodlari” jamoasi ishtirok etishdi.

Xalqaro olimpiyada Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 7 ta ingliz tilida va 2 ta rus tilida tayyorlangan  9 ta kamanda ishtirok etdilar. Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsena avlodlari” jamoasi 1- o‘rinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Konferensiyada ma’ruzalar o‘qildi. Vakillarimiz ma’ruzalarni baholashda ham ishtirok etdilar. Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi assistenti Sarvinoz Abduvorisova konferensiyada ingliz tilida ma’ruza o‘qidi va sertifikat va diplom bilan taqdirlandi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasiga bundanda ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

ADTI axborot xizmati

 

216