alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ayol sog‘lom bo‘lsa…

10:52 26.08.2020

O‘zbekiston “Adolat” SDP Jalaquduq tuman Kengashi faollari “Ayol sog‘lom bo‘lsa – jamiyat sog‘lom bo‘ladi” shiori ostida tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aksiya o‘tkazdi. Bundan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash va oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish.

Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan muloqotda bugungi og‘ir vaziyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini oshirish va partiyaning “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat – porloq kelajak” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z yuritildi. Partiya saylovoldi dasturida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanganligi ta’kidlandi.
Aksiya doirasida partiya faollari va tibbiyot xodimlari xonadonlarga kirib bordilar. “Sizning shifokoringiz” deya nomlangan so‘rovnoma asosida hududlarga biriktirilgan tibbiyot xodimlarining faoliyatiga baho berildi.

          Barnoxon BOZOROVA,

O‘zbekiston “Adolat” SDP Jalaquduq tuman Kengashi raisi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!