Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ayollar reproduktiv salomatligini saqlashga qaratilgan aksiya davom etmoqda

17:06 13.03.2019

2019-yil 13-mart kuni Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi, Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Yuqori tibbiy texnologiyadan foydalanish ayollar salomatligining garovidir” mavzusida ginekologiyada kichik invaziv xirurgiya va sut bezi saratoni skriningiga yo’naltirilgan  AKSIYA   davom etdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi faollari  hamda  Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  ayollar reproduktiv salomatligini saqlash maqsadida o‘tkazilayotgan aksiya jarayonida faol qatnashdilar. Aksiyaga tashrif buyurgan ayollar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikrlarini tingladilar.

Mazkur aksiya o‘z vaqtida, yuqori saviyada  tashkil etilganligi bois, ayollar ushbu tadbirdan, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatdan  mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!