alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AZIZ ABITURIENTLAR VA HURMATLI OTA-ONALAR!

17:24 29.08.2020

Aziz abiturientlar va hurmatli ota-onalar!
Har birimiz ulkan orzular, ezgu maqsadlar bilan yashaymiz. Hayotda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish, xalqimizga nafimiz tegadigan inson bo‘lishimiz uchun ilm-fan sirlarini chuqur o‘rganishimiz, kasb-hunar sohibi bo‘lishimiz zarur. Men mamnunmanki, koronavirus pandemiyasiga qaramay joriy yil oliy ta’lim muassalarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar va institutlarga hujjatlarini ro‘xatdan o‘tkazganlar sonlari juda yuqori bo‘ldi. Jumladan, 2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon davlat tibiyot institutida o‘qish uchun 1 o‘ringa qariyib 28 nafardan abiturient hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Bu respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida eng yuqori o‘rinlardan biri bo‘lishi bilan birga institutimiz nufuzi va salohiyatini ko‘rsatadi. Qolaversa, bu yilgi test sinovlarida bilimdonlar baxsi qattiq bo‘lishi, talabalik baxtigiga eng bilimli yoshlarimiz muyassar bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Lekin ayrim ko‘ngli nopok insonlar har tomonlama oliy ta’lim muasasalar sha’niga putir etkazish payida. Ular har hil ijtimoiy tarmoqlarda provakatsion savollar bilan ayrim insonlarni chalg‘itmoqchi bo‘lishmoqda.

Shularni barchasini xisobga olgan holda sizlarni yana bir bor ogohlikka chaqirib, ushbu g‘araz maqsadli kimsalarni domiga tushib qolmasliklarizni istardim.
Ogoh bo‘ling firibgarlar oramizda.
O‘zbekistonda firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu toifadagilar bilan butun halqimiz bilan kurashishimiz zarur.

Barcha yoshlariga omad tilayman !

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!