alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Aziz Ustozlarim, kichik yutug‘imni sizlarning kasb bayramingizga sovg‘a sifatida taqdim aylayman

13:45 03.10.2020

Men Andijon davlat tibbiyot instituti 604 gurux talabasiman.  Hozirgi paytda butun dunyoda avj olgan koronavirus – covid-19 infeksiyasi bilan tunni kunga, kunni tunga alishmay kurashib kelayotgan yurt qahramonlari – tibbiyot xodimlari bilan yelkama-yelka turib kurashish men uchun juda fahrli. Mening ishonchim komilki, Andijon davlat tibbiyot institutining hamma talabalari bu jarayonda mardonavor kurashishiga, xalqimizning dardiga malham bo‘lishiga tayyor. Men mana shunday ezgu maqsad bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani 3-son ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida katta tibbiy og‘a (страший мед брат) lavozimida el uchun beminnat xizmat qildim.

Bizni bu kamtarona mehnatimiz ham xalqimiz, hukumatimiz e’tiborida bo‘ldi. Bu shifoxonada mehnat qilgan har bir tibbiyot xodimi alohida rag‘batlantrilidi. Jumladan, “Eng yaxshi bo‘lim mudiri” –  Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy va amaliy markazi oliy toifali vrachi B.B.Usmonov bo‘ldi. “Eng yaxshi xo‘jalik bekasi (сестра хозяка)” Respublika SPID markazi xo‘jalik bekasi T.B.Saipova deb topildi. Men esa  “Eng yaxshi katta tibbiy og‘a ( страший мед брат)” sifatida rag‘batlantirildim.

Bizni – koronavirus infeksiyasi bilan kurashayotgan fidoiy tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun  bir qator tashkilotlarning vakillari, jumladan “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Respublika kengashi raisi N.Umarov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Raisi F.R.Xanapiyaevlar tashrif buyurdilar.

Men o‘rta tibbiyot xodimlarning eng na’munaviysi bo‘lganimdan juda quvondim. Chunki men ustozlarimning ishonchini oz bo‘lsada oqladim. Avvalam bor meni shu darajaga yetib kelishim uchun meni tarbiyalagan professor-o‘qituvchilarning mehnati juda katta. Bu kichik yutuqlar shak-shubhasiz mening institutim o‘qituvchilvrining  juda og‘ir va salohiyatli sa’y harakatdlarining bir katta daraxtdagi kichkina mevasi hisoblanadi. Ustozlarimning menga bergan bilim va tajribasi bo‘lmaganda men bu yutuqlarga erishmagan bo‘lardim.

Mening qadrdon, aziz ustozlarim, shu sinovli damlarda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasining katta kurashdagi kichik yutug‘imni sizlarning kasb bayramlarinigizga arzimas sovga sifatida taqdim aylayman.

Dunyo turguncha turishlaringizni, el xizmatida hech ham charchamasliklaringizni yaratgandan so‘rab qolaman

deb Ilyosmirzo Ziyayev,

Andijon davlat tibbiyot instituti 604 gurux talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!