Baland hilpira, O‘zbekiston Bayrog‘i!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yurtdoshlarimiz dunyo sahnida ilm-fan, san’at, sport sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishganda O‘zbekison Bayrog‘i baland ko‘tariladi. Biz yutuqqa erishgan yurtdoshimizni tanirmiz, balki tanimasmiz, lekin Bayrog‘imiz balan ko‘tarilganda: “O‘zbekistonliklar, yurtdoshlarimiz g‘alaba qilibdi, yurtimiz shoniga shon qo‘shilibdi!”, – deya g‘ururlanamiz, faxrlanamiz. Har birimizning dilimizda: “Baland hilpira, O‘zbekiston Bayrog‘i!”, – degan hitob yangraydi. Bayrog‘imiz bizni hamisha yutuqlar, yangi-yangi manzillar sari olg‘a boshlaydi.

Andijon davlat tibbiyot institutining hafta avvalidagi an’anaviy “Shukronalik” tadbiri 18 noyabr – O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun mavzusida o‘tdi. Institut asosiy binosidagi “Shukronalik” tadbiri Albina Gumarovna Xudoyarova rahbarligidagi Normal fiziologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Dastlab ommaviy ravishda ijro etilgan O‘zbekistn madhiyasi sadolari ostida O‘zbekiston Bayrog‘i ko‘kka ko‘tarildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bayroqning turlari, O‘zbekiston Bayrog‘idagi ramziy belgilarning mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berdilar. O‘zbekiston bayrog‘i, ona yurt haqidagi she’rlar o‘qildi. Institut psixologi O‘.Arziqulovning ko‘tariki kayfiyat bag‘ishlovchi tilak, maslahatlari bilan talaba yoshlar mashg‘ulotlarga yo‘l olishdi.

Institut klinikasida “Shukronalik” tadbiri  Umumiy jarrohlik va Xarbiy dala jarrohligi kafedrasi tomonidan o‘tkazildi. Unda Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov 17 noyabr – Talabalar kuni hamda 18 noyabr – O‘zbekiston Bayrog‘i qabul qilingan kun bilan barchani tabrikladi.

Tadbirda so‘z olgan umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri Sarvarbek Salohiddinov har birimiz O‘zbekiston Bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shishimiz zarurligi haqida fikrlarini bildirdi.

Institut 2-o’quv binosida O‘zbekiston Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Shukronalik” tadbiri Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.

“Shukronalik” tadbirlari har bir ishtirokchiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashi bilan birga ona yurtga bo‘lgan mehr, sadoqatni yuksalishida alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

230